Vataniga qaytgan janubiy koreyalik futbolchilarga tuxum uloqtirishdi (video)

Mutasaddilar Janubiy Koreya terma jamoasini Inchxon aeroportida tantana bilan kutib olishni rejalashtirishgandi. Ammo ayrim muxlislarga terma jamoaning Rossiyaga “safari tez qarigani” yoqmagan shekilli, ularga tuxum uloqtirishib noroziliklarini ifodalashga urinishdi. Voqea tasvirlangan video internetda paydo bo‘ldi.
Otilgan tuxumlarning biri jamoaning asosiy yulduzi Son Xyon Minga kelib tekkan.
Holbuki, guruh autsayderi hisoblangan Janubiy Koreya terma jamoasining JCH-2018 dagi ishtirokini ko‘plar muvaffaqiyatli hisoblashayotgandi: ular oxirgi o‘yinda kimsan jahon chempioni — Germaniya terma jamoasi ustidan shov-shuvli g‘alabaga erishib, mundialda burilish yasashgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Otilgan tuxumlarning biri jamoaning asosiy yulduzi Son Xyon Minga kelib tekkan.
Holbuki, guruh autsayderi hisoblangan Janubiy Koreya terma jamoasining JCH-2018 dagi ishtirokini ko‘plar muvaffaqiyatli hisoblashayotgandi: ular oxirgi o‘yinda kimsan jahon chempioni — Germaniya terma jamoasi ustidan shov-shuvli g‘alabaga erishib, mundialda burilish yasashgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













