O‘zbekistonlik polvon Jahon chempioni bo‘ldi (foto)

O‘zbekistonlik polvon Jahon chempioni bo‘ldi (foto)
Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Erkin kurash bo‘yicha bellashuvlarda – 55 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Jamshid Marufov Isroil (10:0), Armaniston (sof g‘alaba), Rossiya (10:0) va Italiya (5:4) mamlakatlaridan tashrif buyurgan raqiblarini mag‘lub etib finalga yo‘l olgandi. Jamshid hal qiluvchi final jangda yaponiyalik Xayyato Fujitaga qarshi kurash olib bordi va raqibidan 4:3 hisobida ustun keldi.

Mazkur g‘alaba o‘zbekistonlik yosh polvonga Jahon chempionatining oltin medalini taqdim etdi.

E’tiborlisi, o‘zbekistonlik o‘smir erkin kurashchilar so‘nggi marotaba 1998 yilgi Jahon chempionatida oltin medal qo‘lga kiritgandi. O‘shanda yosh Dilshod Mansurov tengdoshlari orasida Jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan. Oradan 20 yil o‘tib Marufov bunday natijaga erishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.