FIFA Maradonani javobgarlikka tortadi

FIFA Maradonani javobgarlikka tortadi
FIFA tashkiloti Diyego Maradonaning JCh-2018 1/8 finalidan o‘rin olgan Angliya – Kolumbiya (1:1, 4:3 pen.) uchrashuvidan so‘ng aytgan gaplari borasida arznoma bilan chiqadi.

Argentinalik mutaxassis uchrashuv hakami Mark Geygerning ishini «buyuk o‘g‘rilik», deb atagandi.

«FIFA ushbu gaplar uchun Maradonani javobgarlikka tortadi. Uning fikrlari mutlaqo asossiz.

Tarixiy buyuk o‘yinchining bunday gaplarini o‘qish afsuslanarli holat», — deyiladi FIFA bayonotida.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.