Andrey Shipilov: “AGMKga qarshi o‘yinga bir hafta tayyorlandik”

Andrey Shipilov: “AGMKga qarshi o‘yinga bir hafta tayyorlandik”
Pepsi Superligasi 22-turidan o‘rin olgan AGMK - “Metallurg” (2:3) uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida bekobodliklar ustozi Andrey Shipilov o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

\"Bugungi o‘yin oldidan musobaqa jadvalidagi o‘rnimiz bizni faqat g‘alaba qozonishga undardi. Shu sababdan butun hafta davomida ham taktik, ham ruhiy jihatdan bugungi bahsga puxta hozirlik olib borishga urindik. Raqibning ham kuchini yaxshi bilardik.

Asosan o‘yin tizginini qo‘lga olishga urindik. Qarshi hujumlarda raqibni yaxshi jazolay oldik. Keskin kurashlarga boy o‘yin guvohiga aylandik. Yakunda o‘yinni o‘z foydamizga hal etib, xaqli ravishda kuchli oltilikdan joy oldik\", - deb Shipilovning so‘zlarin keltirib o‘tdi PFL matbuot xizmati.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.