Rednapp: “Arsenal”ning birorta futbolchisi “Chelsi”ning asosiy tarkibiga kirolmas edi

Rednapp: “Arsenal”ning birorta futbolchisi “Chelsi”ning asosiy tarkibiga kirolmas edi
Angliyalik mashhur mutaxassis Xarri Rednapp “Chelsi” futbolchilarining darajasi “Arsenal”nikidan yuqori ekanligini aytdi.

“Arsenal” derbida o‘yin so‘nggigacha kurashdi. “To‘pchilar” safini ko‘zdan kechirar ekansan, unda aytaylik Mauritsio Sarrining asosiy tarkibiga kirishga qodir futbolchini ko‘rmaysiz. Himoya markazidagi Mustafi va Sokratis umuman, bir jamoada o‘ynaydiganlarga o‘xshamaydi.

Qanotdagi Aspilikueta esa Belyerindan yaxshiroq. Markos Alonso esa 2016 yil kelganidan buyon xayron qoldirib kelmoqda. Kepani ham Chexdan ustun qo‘ygan bo‘lar edim. Maydon markazini umuman taqqoslab bo‘lmaydi\", - dedi Rednapp.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.