Messi: Ronalduning “Yuventus”ga oʻtishini kutmagandim, endi “Real”ga qiyin boʻladi

Messi: Ronalduning “Yuventus”ga oʻtishini kutmagandim, endi “Real”ga qiyin boʻladi
“Barselona” yetakchisi Lionel Messi asosiy raqobatchisi Krishtianu Ronalduning “Real”dan “Yuventus”ga oʻtgani borasida ilk bor oʻz fikrini bildirib oʻtdi.

“Toʻgʻirisini aytsam, Ronalduning “Real”ni tashlab ketishini kutmagandim. Madridliklar Ronalduning ketishi ortidan koʻp narsa yoʻqotishdi. Meni koʻplab jamoalar unga qiziqish bildirayotganidan xabarim bor edi, lekin “Yuventus” bu borada kutilmagan boʻldi. Men haqiqatdanam hayratdaman, lekin Turinda ham yaxshi jamoa bor.

Albatta, “Real”da yana koʻplab ajoyib futbolchilar bor va ular barcha musobaqalarda gʻoliblik uchun kurashishadi. Ronaldusiz endi ularga qiyin boʻladi, “Yuventus” esa endi Chempionlar ligasida gʻolib chiqish uchun yaqqol favoritga aylandi”, - deydi argentinalik futbol afsonasi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.