Konstantin Szyu Toshkentda master-klass oʻtkazdi (foto)

Konstantin Szyu Toshkentda master-klass oʻtkazdi (foto)
Bugun poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida boks boʻyicha sobiq Yevropa va jahon chempioni, professional boksda oʻz vaqtida WBC, WBA, IBF yoʻnalishlarida chempionlik kamariga egalik qilgan Konstantin Szyu ishtirokida master-klass tashkil etildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Konstantin Szyu Toshkentda master-klass oʻtkazdi (foto)
Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamkorligida oʻtkazilgan ushbu tadbir yigʻilganlar oʻrtasida katta qiziqishlarga sabab boʻldi. Mahorat saboqlari oldidan akrobatik shou namoyish etildi. Soʻngra tadbirning asosiy mehmoni Konstantin Szyu davraga chiqib keldi va yosh bokschilar bilan mashgʻulotlar olib bordi. Oʻzbek boksining ertangi kun egalari oʻtkazilgan mahorat darslarida oʻzlari uchun yangi boʻlgan bir qancha bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirdilar.
Konstantin Szyu Toshkentda master-klass oʻtkazdi (foto)
Ushbu master-klass tadbirni tomosha qilish uchun tashrif buyurgan fahriylar va maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilarida bir olam taassurot qoldirdi. Tadbir davomida muxlislar Szyu bilan suhbatlashib, suratga ham tushishdi.
Konstantin Szyu Toshkentda master-klass oʻtkazdi (foto)
Master-klassdan soʻng oʻtkazilgan koʻngilochar tomoshalar ham tomoshabinlarga manzur keldi. Tadbir yakunida sobiq bokschiga esdalik sovgʻalari taqdim etildi. Milliy olimpiya qoʻmitasi nomidan maxsus sovgʻani Bosh kotib Jasur Matchanov topshirdi.
Konstantin Szyu Toshkentda master-klass oʻtkazdi (foto)
“Yoshim ellikka yaqinlashib qoldi. Ammo, har kuni mashgʻulot oʻtkazaman. Chunki, oʻzimga-oʻzim vaʼda berganman. Sizga ham maslahatim shu. Oʻzingizga vaʼda bering va buni amalga oshiring. Mashgʻulotlarni toʻxtatmang. Oʻz maqsadingiz sari intilishda davom eting. Albatta orzuingizga erishasiz”, – dedi Szyu oʻzbekistonlik yosh bokschilarga qarata.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.