3:1! Tennischilarimiz britaniyalik raqiblariga imkoniyatni boy berishdi

3:1! Tennischilarimiz britaniyalik raqiblariga imkoniyatni boy berishdi
Shotlandiyaning Glazgo shahrida oʻtayotgan “Devis kubogi”ning pley-off bosqichida Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya terma jamoalari oʻzaro kuch sinashmoqda.

Hozirgina Kemeoron Norri hamda Sanjar Fayziyev ishtirokidagi oʻyin oʻz nihoyasiga yetdi. Mazkur qarama-qarshilikda ATP reytingida 70-oʻrinda borayotgan Norri tennischimizdan 6/2, 6/2 va 6/0 hisobida ustun kelib, umumiy hisobdagi ustunlikni ikkitaga yetkazdi.

Shu tariqa Peter Lebed boshliq Oʻzbekiston tennis terma jamoasi Buyuk Britaniya termasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.