SSKA bosh murabbiyi: Himoyada ajoyib harakat qildik va “Real”ning bosimiga dosh bera oldik

SSKA klubi bosh murabbiyi Viktor Goncharenko YECHL 2-turi doirasida “Real”ga qarshi kechgan uchrashuvdan (1:0) soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
«Aslini olganda, bunday oʻyindan soʻng hech qanday hissiyot qolmaydi: na quvonch, na hayratlanish, chunki ularning barchasi oʻyin paytida tugab boʻladi. Menimcha, buni ertaga yoki indinga anglab yetamiz. Biz bu oqshomdan bahra olish huquqiga egamiz.
Oʻylashimcha, himoyada ajoyib harakat qildik. Maydonda bir-biri uchun kurashayotgan jamoani koʻrdim. Raqibning bosimiga bardosh berish uchun bizga yoshlik shijoati yordam berdi. Unutmaslik lozim biz “Real”dek jamoaga turib bera oldik va gʻalaba qozondik. Bu katta gʻalaba. Umid qilamanki, bu yosh futbolchilarimizning olgʻa qadam bosishlariga sabab boʻladi», – deydi Goncharenko.
Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Aslini olganda, bunday oʻyindan soʻng hech qanday hissiyot qolmaydi: na quvonch, na hayratlanish, chunki ularning barchasi oʻyin paytida tugab boʻladi. Menimcha, buni ertaga yoki indinga anglab yetamiz. Biz bu oqshomdan bahra olish huquqiga egamiz.
Oʻylashimcha, himoyada ajoyib harakat qildik. Maydonda bir-biri uchun kurashayotgan jamoani koʻrdim. Raqibning bosimiga bardosh berish uchun bizga yoshlik shijoati yordam berdi. Unutmaslik lozim biz “Real”dek jamoaga turib bera oldik va gʻalaba qozondik. Bu katta gʻalaba. Umid qilamanki, bu yosh futbolchilarimizning olgʻa qadam bosishlariga sabab boʻladi», – deydi Goncharenko.
Manba: www.uff.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













