Dunga: «Oltin toʻp»? Neymarning vaqti keldi

Dunga: «Oltin toʻp»? Neymarning vaqti keldi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Dunga \"Oltin to‘p\"ni Neymar olishi lozimligini aytib o‘tdi.

\"Men Neymarga ovoz berdim. Uning vaqti keldi, ammo ayni vaqtda barcha da’vogarlar bir xil saviyada bo‘lib turibdi.

O‘tgan mavsum Ronaldu shunchaki fantastik o‘yin namoyish qilgan edi. Bu yil ham yomon o‘ynagani yo‘q, ammo formasi avvalgidek emas.

Messi esa yaxshi o‘ynayotgandi, ammo jarohat oldi. Neymar esa mudom parvozda. U o‘ziga \"Barselona\" etakchiligi rolini oldi. Menimcha uning vaqti keldi\", - deydi Dunga.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.