Xulen Lopetegi “Levante”dan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng nimalar dedi?

Xulen Lopetegi “Levante”dan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng nimalar dedi?
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bugun “Levante”ga (1:2) qarshi bahsda uchralgan magʻlubiyatdan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

“Biz oʻtirib, qanday xatolarga yoʻl qoʻyayotganimiz haqida oʻylab koʻrishimiz kerak. Ehtimol oʻyin dinamikasini oʻzgartirishimiz kerakdir. Muxtasar qilib aytganda, biz vaziyatlarni yaratishimiz va xavotirlanmasligimiz kerak.

Mening taqdirim hozir oʻylayotganlarim ichida eng oxirgi oʻrinda. Oldinda bizni Chempionlar ligasida muhim uchrashuv kutib turibdi va biz ushbu bahsga tayyorlanishimiz lozim”, - deydi Lopetegi.

Eslatib oʻtamiz, “Real” qatorasiga beshinchi bahsda ham gʻalaba qozona olmadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.