Bunaqasi bo‘lmagan! AGMK jamoasi a’zolariga 35 ta avtomobil beriladi

Bunaqasi bo‘lmagan! AGMK jamoasi a’zolariga 35 ta avtomobil beriladi
O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangan Olmaliqning AGMK jamoasi bugun, 9 noyabr kuni futbolchilarni taqdirlash marosimini o‘tkazadi.

Unda jamoa a’zolariga maxsus sovg‘a va mukofotlar topshiriladi. Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, jamoaning 35 nafar a’zosiga xuddi shuncha avtomobil kalitlari topshiriladi. Hozircha, qanday rusumdagi avtomobillar berilishi syurprizligicha qolmoqda. Buni bugun bilib olishimiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbek futboli tarixida bunday holat ilk bor sodir bo‘lmoqda. To‘g‘ri, bungacha ham jamoa futbolchilariga mashinalar berilgan, ammo, 35 ta emas.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.