Mbappe: «Ronaldu va Messi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritolmaydi»

Mbappe: «Ronaldu va Messi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritolmaydi»
«Pari Sen-Jermen» klubi hujumchisi Kilian Mbappe «Oltin to‘p»ni kim qo‘lga kiritishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uning fikriga ko‘ra, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Barselona» to‘purari Lionel Messi bu ishni amalga oshirolmaydi.

«Ular «Oltin to‘p» sohibi bo‘lolmaydi. Chunki, har ikkalasi ham jahon chempionatida muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. Bu esa yilning eng asosiy turniri.

To‘g‘ri, Messi Yevropada eng yaxshi to‘purar bo‘ldi, Ronaldu esa Chempionlar Ligasida. Ularning o‘yini pasaymadi va davri hali o‘tmadi. Qachonki, ulardan ham zo‘r o‘ynaydigan futbolchi chiqsa, bu haqda gapirishimiz mumkin bo‘ladi», - deb Mbappe so‘zlarini keltirmoqda Independent.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.