“Dubai Cup”: O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Kuvayt bilan o‘ynaydi

“Dubai Cup”: O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Kuvayt bilan o‘ynaydi
Birlashgan Arab Amirliklari mezbonlik qilayotgan “Dubai Cup” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 20 noyabr kuni Kuvayt terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Olimpiya terma jamoasining musobaqadagi uchinchi o‘yini bo‘lgan Kuvaytga qarshi bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:30da boshlanadi.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu kunga qadar Yaponiya bilan 2-2 hisobida durang qayd etgan bo‘lsa, mezbon BAA terma jamoasini 2-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.