«PSJ» prezidenti «Liverpul» mag‘lub etilgach bosh murabbiyni ko‘klarga ko‘tardi

«PSJ» prezidenti «Liverpul» mag‘lub etilgach bosh murabbiyni ko‘klarga ko‘tardi
«PSJ» prezidenti Nosir Al-Helayfiy jamoa Chempionlar ligasi 5-turida «Liverpul» ustidan g‘alaba qozonganiga nisbatan munosabat bildirib o‘tishni joiz topdi.

«Bugun juda kuchli murabbiy qo‘l ostidagi jamoaning haqiqiy yuzini ko‘rsata oldik. «Liverpul» bilan o‘yin oson o‘tgani yo‘q, ammo futbolchilarimizning hammasi o‘yinni juda yuqori saviyada o‘tkazishdi.

Men uchun o‘zimning murabbiyim – jahondagi eng yaxshisi, u buni isbotladi. Juda kuchli va jahondagi eng yaxshi murabbiy! Har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni istayapmiz», – degan prezidentning so‘zlarini keltirdi RMC Sport.

So‘nggi turda «PSJ» «Srvena Zvezda» maydoniga safar qilsa, «Liverpul» «Napoli»ni qabul qiladi. Guruhdagi ayni holat esa quyidagicha:
«PSJ» prezidenti «Liverpul» mag‘lub etilgach bosh murabbiyni ko‘klarga ko‘tardi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.