O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubaydagi dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazdi (foto)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubaydagi dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazdi (foto)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Osiyo Kubogida qatnashish uchun Dubayga yetib kelgani haqida xabar berib o‘tgandik.
Futbolchilarimiz bugun Dubaydagi dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubaydagi dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazdi (foto)
Birlashgan Arab Amirliklari futbol federatsiyasiga qarashli maydonda bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda futbolchilarga ko‘p yuklamalar berilmadi. Asosan to‘p bilan yengil mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shuningdek, himoyadan hujumga o‘tish va hujumdan himoyaga qaytish mashq qilindi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubaydagi dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazdi (foto)
Darvozabonlar Denis Ivankov bilan alohida mashg‘ulot olib borishdi. Terma jamoa a’zolarining barchasi safda. Jarohat bezovta qilayotganlar yo‘q. Ertaga yana mashg‘ulotlar davom etadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubaydagi dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazdi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.