Gvardiola: "Liverpul — APL tarixidagi eng yaxshi jamoa"

Gvardiola: "Liverpul — APL tarixidagi eng yaxshi jamoa"
\"Manchester Siti\" bosh murabbiyi Pep Gvardiola 21 turidan o‘rin olgan APLning markaziy uchrashuvi haqida fikr bildirib o‘tdi.
\"Hozir \"Manchester Siti\" har qanday raqib uchun o‘lja bo‘ladigan holatda turibdi. Shunday vaqtda biz ham istalgan raqib bilan bellasha olamiz. O‘tgan mavsumda \"Liverpul\"ni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandik. Lekin, \"Liverpul\" — APL tarixida eng yaxshi jamoa ekanini unutmaymiz. Biroq, bu safar ham ularni yutishimiz mumkin. Ayrim odamlar \"Siti\"ning g‘alabasiga ishonishmoqda. Lekin, biz qo‘limizdan nima ish kelishini ertaga ko‘rsatamiz\", — dedi Gvardiola.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.