Yaponiyani mag‘lub etgan Vadim Abramov ertangi o‘yindan oldin fikr bildirdi

Yaponiyani mag‘lub etgan Vadim Abramov ertangi o‘yindan oldin fikr bildirdi
Osiyo Kubogining 3-tur doirasidagi Yaponiya - O‘zbekiston uchrashuvi oldidan \"Championat.asia\" sayti yetakchi mutaxassislarimizdan terma jamoamizning o‘yini va ishtiroki haqida ekspert fikrini taqdim etadi.
Terma jamoamizning sobiq ustozi va ayni paytda \"Bunyodkor\" bosh murabbiyi vazifasida ishlayotgan Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqdik.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi faqat bir marta Yaponiyani mag‘lub etgan. O‘shanda jamoamizda aynan Abramov bosh murabbiy edi.

\"Hozir terma jamoada ko‘p narsa o‘zgarib ketgan. Shu bois bir narsa deyish qiyin. Biroq Yaponiyani mag‘lub etish kerak. Bizga hatto durang ham yetarli. Menimcha terma jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Yaponiya ustidan qanday g‘alaba qozonish kerakligini yaxshiroq biladi\", - deydi Vadim Abramov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.