OCHL. “Lokomotiv” “Ar-Rayyan”ga yutqazib qoʻydi

OCHL. “Lokomotiv” “Ar-Rayyan”ga yutqazib qoʻydi
11 mart, dushanba kuni futbol boʻyicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasida bir qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Andrey Fyodorov qoʻl ostidagi Toshkentning “Lokomotiv” klubi Qatar poytaxti Doha shahriga safar qiladi. U yerda “temiryoʻlchilar” “Ar-Rayyan” klubiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 4-daqiqasida Diyor Turopov hisobni ochgan boʻlsa, 38-daqiqaga kelib Lukka de Brito hisobni tenglashtirdi (1:1). 58-daqiqada esa mezbon klub aʼzosi Helmin Rivas jamoasiga gʻalaba keltirdi.

Shu tariqa “temiryoʻlchilar” mehmonda kechgan oʻyinda “Ar-Rayyan”ga magʻlub boʻldi va ochko yoʻqotdi (1:2).
OCHL
11 mart, dushanba

“B” guruhi
“Ar-Rayyan”—“Lokomotiv” 2:1
Gollar:
0:1 — 4 Diyor Turopov, 1:1 — 38 Lukka de Brito, 2:1 — 58 Helmin Rivas

“Ar-Rayyan”: Fahad Yunis, Muhammad Al Aeldin, Rivas (Ibrohim Halfan, 71), Traore, Abdulrahmon Al Harazi (Korbi, 68), Lukka, Rodrigo Tabata, Viyera, Muhammad Juma, Kox Myong-Jin, Sebastyan Soriya (Ahmad Abdulmaqsud, 82)

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Oleg Zoteyev, Islom Toʻxtaxoʻjayev, Anzur Ismoilov, Davronbek Hoshimov (Shuhrat Muhammadiyev, 68), Diyorjon Turopov (Alisher Shogʻulomov, 77), Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov (Arslonmurot Amanov, 84), Sardor Mirzayev, Husniddin Gʻofurov, Timurxoʻja Abduholiqov
Ogohlantirish: Diyor Turopov (27)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.