Rustam Ashurmatov Janubiy Koreyadagi dastlabki golini kiritdi

Rustam Ashurmatov Janubiy Koreyadagi dastlabki golini kiritdi
Bugun Janubiy Koreya “K2” ligasida 7-tur oʻyinlari davom ettirilmoqda. Hamyurtimiz Rustam Ashurmatov faoliyat olib boradigan “Gvanyu” klubi bu tur oʻz maydonida Javlon Ibrohimov toʻp tepadigan “Suvon Siti”ni qabui qildi. Qiziqarli va murosasiz tarzda kechgan bellashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.

Eʼtiborlisi, “Gvanyu”ning dastlabki goliga aynan Ashurmatov mualliflik qildi. Bu uning Janubiy Koreyadagi dastlabki toʻpi boʻldi. Rustam toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qilgan boʻlsa, Ibrohimov qaydnomadan oʻrin olmadi.
“K2” Liga. 7-tur
“Gvanyu” - “Suvon Siti” 2:1
Gollar:
Rustam Ashurmatov (13), Felipe (44 penaltidan) - Egbuchunam (72).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.