Mourino: "Muzokaralar o‘tkazayotgan jamoalar nomini oshkor etadiganlardan emasman"

Mourino: "Muzokaralar o‘tkazayotgan jamoalar nomini oshkor etadiganlardan emasman"
Portugaliyalik mashhur mutaxassis Joze Mourino unga \"Roma\" klubidan takliflar bo‘layotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.

“Menga qiziqish bildirgan har bir klub ular uchun eng yaxshi variant ekanligimga ishonishadi. Men bundan faxrlanaman. Ertami, kechmi men ushbu jamoalardan birini boshqaraman. Ammo, men muzokaralar davomida uni oshkor etadiganlardan emasman”, - deydi Mourino.

Eslatib o‘tamiz, Mourinoning so‘nggi ish joyi “Manchester Yunayted” klubi bo‘lgan edi. Unga shuningdek \"Lion\" va \"Seltik\" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.