Liga Kubogi. «Paxtakor» o‘z maydonida «Qo‘qon-1912»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Liga Kubogi. «Paxtakor» o‘z maydonida «Qo‘qon-1912»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
31 may, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Liga Kubogining 1-turi doirasida Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning «Paxtakor» jamoasi o‘z maydonida «Qo‘qon-1912» klubini qabul qildi.

Bellashuv davomida mehmon jamoa vakillari Marko Milich (24), Temur Usmonov (43), Murod Xolmuhammedov (45) va Suhrob Berdiyev (90) urgan gollar Qo‘qon klubining «sherlar» ustidan yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi (4:0).

«Paxtakor»—«Qo‘qon-1912» 0:4
Gollar:
0:1 — 24 Marko Milich, 0:2 — 43 Temur Usmonov, 0:3 — 45 Murod Xolmuhammedov, 0:4 — 90 Suhrob Berdiyev.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.