Tarixda birinchi marta tashkil etiladigan MDH o‘yinlarida O‘zbekiston ham ishtirok etadi

Tarixda birinchi marta tashkil etiladigan MDH o‘yinlarida O‘zbekiston ham ishtirok etadi
Foto: VVS
Tarixdagi birinchi MDH o‘yinlari 2020 yilda Qozon shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tatariston respublikasi sport vazirligi matbuot xizmati tomonidan xabar berib o‘tilgan.

Ushbu musobaqada O‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek yana Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va Moldaviya qatnashishi e’lon qilindi. MDH o‘yinlariga yana boshqa davlatlar taklif etilishi mumkin.

Musobaqa 2020 yilning 20 avgustidan 27 avgustiga qadar davom etadi. Unda dzyudo, sambo, plyaj voleyboli, futzal, boks, shaxmat, qilichvozlik, karate, armrestling, mas-restling, sport kurashi, kurash, yengil atletika, basketbol va yana sportning boshqa turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.