Messi beshinchi marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi

Messi beshinchi marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi
Messi beshinchi marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi

FIFAning yillik taqdimot marosimi yakuniga etdi. Marosim so‘nggida \"Oltin to‘p\" sohibi aniqlandi. Bu haqda Kun.uz sayti malum qildi.

Bu sovringa Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Neymar da’vogarlik qilgandi.

O‘tkazilgan so‘rovnoma natijasida Kataloniyaning \"Barselona\" klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messi 2015 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

FIFA hamda France Football jurnali o‘tkazgan so‘rovnomada qatnashgan murabbiylar, terma jamoa sardorlari hamda jurnalistlarning ko‘pchilik qismi Lionel Messiga ovoz berishgani ma’lum bo‘ldi.

G‘olibga \"Oltin to‘p\"ni afsonaviy futbolchi Kaka topshirdi.
Messi beshinchi marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, Messi bunga qadar 2009, 2010, 2011, 2012 yillarda jahonda tengsiz futbolchi deb topilgan edi. Endi u besh marta \"Oltin to‘p\" sohibi bo‘lgan dunyodagi yagona futbolchi.
Messi beshinchi marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.