Aziz Haydarov «butsasini mixga ildi». Endi u yangilangan O‘FAda ishlaydi

Aziz Haydarov «butsasini mixga ildi». Endi u yangilangan O‘FAda ishlaydi
Foto: Tribuna
«Lokomotiv» yarim himoyachisi Azizbek Haydarov futbolchilik faoliyatini yakunladi va tez orada yangilangan O‘FAda ish boshlaydi. Bu haqda «Lokomotiv» klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Azizbek Haydarov O‘FA Terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat olib boradi.

«Lokomotiv»da 7-raqamda o‘ynagan futbolchi jamoamizni tark etdi. Shuningdek, birinchi davrada «Lokomotiv» U-21 yoshlar jamoasiga ustozlik qilgan Timur Kapadze ham «temiryo‘lchilar» bilan xayrlashdi. Endlikda Kapadze murabbiylik faoliyatini boshqa joyda davom ettiradi», deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.