Yevropa Ligasi guruh bosqichining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Yevropa Ligasi guruh bosqichining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi
Foto: Twitter/@EuropaLeague
Yevropa Ligasi musobaqasining pley-off o‘yinlaridan keyin guruh bosqchining barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi.
Guruh bosqichiga bugun, 30 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da qur’a tashlanadi.

Yevropa Ligasi 2019/20 yilgi mavsumi qatnashchilari bilan tanishing:

Birinchi savatcha: «Sevilya» (Ispaniya), «Arsenal» (Angliya), «Portu» (Portugaliya), «Roma» (Italiya), «Manchester Yunayted» (Angliya), «Dinamo» (Ukraina), «Beshiktosh» (Turkiya), «Bazel» (Shveysariya), «Sporting» (Portugaliya), SSKA (Rossiya), «Volfsburg» (Germaniya), «Latsio» (Italiya).

Ikkinchi savatcha: PSV (Niderlandiya), «Krasnodar» (Rossiya), «Kopengagen» (Daniya), «Seltik» (Shotlandiya), «Braga» (Portugaliya), «Gent» (Belgiya), «Borussiya» (Myunxengladbax, Germaniya), «Yang Boyz» (Shveysariya), «Ostona» (Qozog‘iston), «Ludogorets» (Bolgariya), APOEL (Kipr), «Ayntraxt» (Germaniya).

Uchinchi savatcha: «Sent-Etenn» (Fransiya), «Qorabog‘» (Ozarbayjon), «Feyenoord» (Niderlandiya), «Xetafe» (Ispaniya), «Malmo» (Shvetsiya), «Partizan» (Serbiya), «Standard» (Belgiya), «Renn» (Fransiya), «Rusenborg» (Norvegiya), «Istanbul Bashakshehir» (Turkiya), «AZ Alkmar» (Niderlandiya), «Trabzonspor» (Turkiya).

To‘rtinchi savatcha: «Aleksandriya» (Ukraina), «Dyudelanj» (Lyuksemburg), «Volfsberg» (Avstriya), LASK (Avstriya), «Lugano» (Shveysariya), «Slovan» (Slovakiya), «Reynjers» (Shotlandiya), «Gimaraynsh» (Portugaliya), ChFR (Ruminiya), «Ferensvarosh» (Vengriya), «Espanol» (Ispaniya), «Vulverhempton» (Angliya).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.