O‘zbek bokschisi jahon chempioni Sergey Kovalyovni qay tarzda chuqur nokaut qilgandi? (video)

O‘zbek bokschisi jahon chempioni Sergey Kovalyovni qay tarzda chuqur nokaut qilgandi? (video)
Bilasizmi? Bugungi kunda yarimog‘ir vazn toifasida WBO kamari sohibi hisoblanadigan Sergey Kovalyov o‘zbek bokschisidan chuqur nokautga uchragandi.
Havaskor boksda ikki karra jahon chempioni, olimpiya o‘yinlari sovrindori hisoblanadigan hamyurtimiz Abbos Atoyev hamda Sergey Kovalyov 2008 yilning iyunida Moskva shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnir finalida o‘zaro to‘qnash kelishgan. O‘sha jangda Atoyev birinchi raunddayoq Kovalyovni nokaut holatiga tushiradi.

Keyinchalik Kovalyov intervyulardan birida aynan ushbu mag‘lubiyatni faoliyatidagi eng og‘ir nokaut sifatida ta’kidlagan.


Manba: olamsport.com
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.