Nurmagomedov: Besh raundlik urushga tayyorlandim

Nurmagomedov: Besh raundlik urushga tayyorlandim
Yengil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov bugun bo‘lib o‘tadigan jangi borasida fikr bildirdi.
“Dastin juda chidamli jangchi. U o‘tgan bahsida besh raundlik jangda ishtirok eta olishini ko‘rsatib qo‘ydi. Meni bosimimni qanday qabul qilishini bilmayman. Men besh raundlik jangga tayyorgarlik olib bordim. Muddatdan avval mag‘lub etaman deb ayta olmayman. Shunisi ma’lumki, meni besh raundlik urush kutib turibdi”,-dedi Xabib.

Eslatib o‘tamiz, Bugun tunda Toshkent vaqti bilan 01:00 da Abu - Dabi shahrida Nurmagomedov va Pore o‘rtasida jang bo‘lib o‘tadi.

Manba: championat.com
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.