Venger Messi va Ronalduni taqqosladi

Venger Messi va Ronalduni taqqosladi
«Arsenal» sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduni taqqosladi.
«Men ularning ikkalasini ham juda yaxshi deyishim mumkin, bittasini tanlash qiyin. Ular hisobida beshtadan «Oltin to‘p» bor, bu ham ularning bir xil darajada ekanligidan dalolat beradi.

Messi – ijodkor futbolchi, hal qiluvchi gollarni uradi. U Ronaldudan ko‘ra ijodkorroq.
Ronaldu ko‘proq hujumni yakunlaydi, havoda yaxshiroq, chinakam atlet. Ammo Messidek o‘yinchi ko‘proq o‘ziga jalb qiladi», – deb Vengerning so‘zlarini keltiradi Bein Sports.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.