Boks bo‘yicha JCh. Dilshodbek Ro‘zmetov musobaqani g‘alaba bilan boshladi

Boks bo‘yicha JCh. Dilshodbek Ro‘zmetov musobaqani g‘alaba bilan boshladi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun musobaqaning ikkinchi kunida -81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Dilshodbek Ro‘zmetov o‘zining dastlabki jangini o‘tkazdi. Mo‘g‘ulistonlik Shinebayar Narmandaxga qarshi ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi va (5:0) keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Uning bo‘lajak raqibi birozdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Dilshodbek Ro‘zmetov (O‘zbekiston) - Shinebayar Narmandax (Mo‘g‘uliston) 30:26, 30:27, 30:27, 30:27, 30:27
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.