Yevro-2020 saralashi. Ronalduning pokeri Portugaliyaga g‘alaba keltirdi (video)

Yevro-2020 saralashi. Ronalduning pokeri Portugaliyaga g‘alaba keltirdi (video)
Evro-2020 saqlashi 6-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. Portugaliya safarda Litvani yirik hisobda dog‘da qoldirdi. Krishtianu Ronaldu esa poker qayd etdi.
Shu tariqa, Ronaldu kvalifikatsiya raundidagi gollari sonini 24 taga yetkazib, irlandiyalik hujumchi Robbi Kinning rekordini yangiladi. Kin hisobida 23ta aniq zarba mavjud edi.

Litva – Portugaliya 1:5 (1:1, 0:4)
Gollar:
0:1 – 7, penalti Ronaldu, 1:1 – 28 Andryushkyavichyus,1:2 – 61 Ronaldu, 1:3 – 65 Ronaldu, 1:4 – 76 Ronaldu,1:5 – 90 Vilyam Karvalyu.).
Litva – Shetkus, Girdvaynis, Andryushkyavichyus, Palenis, Mikolyunas, Shimkus, Vorobev, Verbitskas (Kazlauskas, 77), Slivka, Kuklis (Julpa, 69), Laukjyamis (Petravichyus, 66).
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Joau Kanselu, Diash, Fonte, Gerreyru, Vilyam Karvalyu, Brunu Fernandesh (Rafa Silva, 56), Bernardu Silva (Pitssi, 89), Ruben Nevesh, Joau Feliks, Ronaldu (Gedesh, 79).

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.