Lutfulla To‘rayev O‘zbekiston terma jamoasidan chaqiruv oldi

Lutfulla To‘rayev O‘zbekiston terma jamoasidan chaqiruv oldi
Oktyabr oyida O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2022 saralashi doirasida ikkita o‘yin o‘tkazadi.
10 oktyabr kuni Toshkentda Yaman, 15 oktyabr kuni esa safarda Singapur bilan o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. 2 oktyabr kuni Vadim Abramov boshchiligidagi milliy terma jamoamiz Toshkentda yig‘in boshlaydi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yig‘inga \"Bunyodkor\" klubi yarim himoyachisi Lutfulla To‘rayev ham chaqiruv olgan. Ma’lumot uchun, To‘rayev 2010-2015 yillarda terma jamoada 19ta o‘yinda maydonga tushgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.