Simeone hakamga: "Qanday qilib bunga qo‘yib beryapsan? U seni haqorat qildi"

Simeone hakamga: "Qanday qilib bunga qo‘yib beryapsan? U seni haqorat qildi"
\"Atletiko\" bosh murabbiyi Diyego Simeone La Liga 7-turining \"Real\"ga qarshi bahsida Serxio Ramos yon hakamni haqorat qildi, deb hisobladi. Ushbu vaziyat uchrashuvning birinchi bo‘limida sodir bo‘lgan edi. Unda Ramos yon hakamga nimalardir degandi.

Diyego Simeone zudlik bilan vaziyat tomon yugurib bordi va baqirgan holatda yon hakamga: \"Qanday qilib bunga qo‘yib beryapsan? U seni haqorat qildi\", - deb aytgan.

Murabbiy ushbu vaziyat uchun Serxio Ramosni jazolash kerakligini aytdi. Simeonening so‘zlariga ko‘ra, Ramos hakamning onasini haqorat qilgan.
\"O‘yinda nima bo‘lgan bo‘lsa, barchasi maydonning o‘zida qoladi. Yordamchi hakam Ramos nima deganini o‘zi biladi,\" - dedi Simeone.

Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuvni Xose Luis Gonsales boshqarib borgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.