Pep Gvardiola: "Liverpul" – ayni paytda dunyoning eng kuchli jamoasi

Pep Gvardiola: "Liverpul" – ayni paytda dunyoning eng kuchli jamoasi
\"Manchester Siti\" klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya chempionati doirasida \"Liverpul\"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Ayni paytda \"Liverpul\" – dunyoning eng kuchli jamoasi. Bizni 90 daqiqa o‘yin kutmoqda va rejaga ko‘ra harakat qilamiz.

- Klopp haqida nima deysiz?
- U bu ishlarni \"Borussiya\"da amalga oshirdi va uning bu yerdagi ta’siri naqadar buyukligini ko‘rsak bo‘ladi.
Klopp jamoani qabul qilib olganida, ular sovringa da’vogar emas edi, 3-4 yildan keyin u kuchli jamoa qurishga erishdi.

- Agarda \"Man Siti\" mag‘lubiyatga uchrasa, sovrin uchun poyga o‘z yakuniga yetadimi?
- Men bilmayman, oldinda ko‘plab o‘yinlar bor, biz yakshanba kuni va barcha o‘yinlarda oxirgacha kurashmoqchimiz, - deydi Gvardiola.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.