Ruslan Chagayev Rossiyada murabbiylik faoliyatini boshladi

Ruslan Chagayev Rossiyada murabbiylik faoliyatini boshladi
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev Rossiyada murabbiylik faoliyatini davom ettirmoqchi. Bu haqda RIA Novostiga tayanib Sof.uz xabar berdi.

Chagayev rossiyalik bokschi Fotima Dudiyeva bilan mashg‘ulotlarni boshlaydi.
Sankt-Peterburgda 14 noyabr kuni o‘tgan “Nokaut qirollari” turnirida Fotima Dudiyeva polshalik Dorota Norek ustidan g‘alaba qozondi.

“O‘ylaymanki, men murabbiylik faoliyatini davom ettiraman. Bu mening ishim ekanini tushunib yetdim. O‘z tajribamni yosh avlod vakillariga o‘rgatmoqchiman”, dedi Chagayev.

Chagayev Fotima Dudiyevadan tashqari boshqa shogirdlarni ham tarbiyalamoqchi, lekin ularning kimligini aytmagan.
Ruslan Chagayev 2016 yilning oktyabrida professional ringni tark etgan. U professional ringda 38 ta jang o‘tkazib, ulardan 34 tasida g‘alaba qozongan, raqiblarini 21 marta nokaut qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.