Eldor Shomurodov: "Saudiya Arabistonidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng yuzimiz yorug‘ bo‘lishi kerak edi"

Eldor Shomurodov: "Saudiya Arabistonidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng yuzimiz yorug‘ bo‘lishi kerak edi"
JCh-2022 va OK-2023 saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Falastin (2:0) bahsidan so‘ng terma jamoamiz hujumchisi Eldor Shomurodov o‘yin haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Birinchi o‘yinda bizga nimalar yetishmadi deb o‘ylaysiz?
- Birinchi uchrashuv uchun bahona qilib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, u yerdagi qulayliklar yaxshimas edi, ammo yakkakurashlarda imkoniyatni boy bergan edik.

- Bugungi ajoyib g‘alabadan so‘ng nimalar deya olasiz?
- Falastinga qarshi o‘yinda ko‘proq gol urishimiz kerak edi va Saudiya Arabistonidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng yuzimiz yorug‘ bo‘lishi kerak edi. Bugun o‘yinda ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi. Muhimi g‘alaba deb o‘ylayman.

- 80-daqiqadan so‘ng o‘yinimiz qovushmadi. Bunga nima sabab bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
- Bugun baribir yaxshiroq o‘ynadik. To‘pni ko‘proq o‘zimizda saqlab o‘ynadik. Saudiya Arabistoni bilan o‘yinda aynan shu narsa bizda o‘xshamagan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.