Oʻzbek shaxmatchisi 103-“Marshall” chempioni

Oʻzbek shaxmatchisi 103-“Marshall” chempioni
Joriy yilning 14-18-noyabr kunlari AQSHning Nyu-York shahrida “Marshall” shaxmat klubida 103-Marshall chempionati oʻtkazildi. “Marshall” shaxmat klubi 1915-yilda grossmeyster Marshall tomonidan tashkil qilingan va 1916-yildan beri “Marshall chempionati” oʻtkazilib kelinmoqda.
Oʻzbek shaxmatchisi 103-“Marshall” chempioni
Bu yil tashkil qilingan turnirda, Oʻzbekiston nomidan Hamroqulov Joʻrabek qatnashib Marshall chempionatining 103-chempioniga aylandi. Turnir har yili oʻtkazilib, bu yilgi bahsda 10 shaxmatchi qatnashdi. 40 yurishga 90 daqiqa ajratilib, har bir yurishga 30 sekund qoʻshimcha vaqt berildi.
Oʻzbek shaxmatchisi 103-“Marshall” chempioni
Oʻzbekistonlik shaxmatchimizga omadlar va zafarli yurishlar tilab qolmiz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.