VXL. Toshkentning "Humo" klubi "Dizel"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Bugun Oliy Xokkey Ligasi (VXL) muntazam chempionatida navbatdagi bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkentning \"Humo\" klubi o‘z maydonida Penzaning \"Dizel\" jamoasini qabul qildi va 7:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mezbonlar safida shaybalarni Platon Popov (dubl), Artyom Voronin (dubl), Ivan Yatsenko (dubl) va Andrey Smirnovlar kiritdi. Bunga esa Vladislav Barulin bir bor javob qaytardi.
Eslatib o‘tamiz, safarda kechgan bahsda Yevgeniy Popixin shogirdlari 1:7 hisobida raqibga imkoniyatni boy bergan edilar.
Ma’lumot uchun, toshkentliklar hisobida 32, mehmonlar hisobida esa 31 ochko mavjud va ular turnir jadvalida mos ravishda 7 hamda 8-o‘rinlarni egallab turishibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Toshkentning \"Humo\" klubi o‘z maydonida Penzaning \"Dizel\" jamoasini qabul qildi va 7:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mezbonlar safida shaybalarni Platon Popov (dubl), Artyom Voronin (dubl), Ivan Yatsenko (dubl) va Andrey Smirnovlar kiritdi. Bunga esa Vladislav Barulin bir bor javob qaytardi.
Eslatib o‘tamiz, safarda kechgan bahsda Yevgeniy Popixin shogirdlari 1:7 hisobida raqibga imkoniyatni boy bergan edilar.
Ma’lumot uchun, toshkentliklar hisobida 32, mehmonlar hisobida esa 31 ochko mavjud va ular turnir jadvalida mos ravishda 7 hamda 8-o‘rinlarni egallab turishibdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













