O‘zbekiston yana nishonda! OFK biz haqimizda iliq fikrda

O‘zbekiston yana nishonda! OFK biz haqimizda iliq fikrda
OFK sayti Dubayda yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi haqida iliq gaplarni yozdi.
Xususan uchta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib hammasida zafar quchgan futbolchilarni sayt xodimlari alohida ta’kidlab o‘tishgan.

\"O‘zbekiston yana nishonda! Bu jamoa U-23 Osiyo chempionatida amaldagi chempion sifatida ishtirok etadi\" - deyiladi OFK xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 8-26 yanvar kunlari Tailandda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi va musobaqa yakunida kuchli uchlikka kirgan jamoalar Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olishadi.

O‘zbekiston qit’a birinchiligidagi ilk uchrashuvni 9 yanvar kuni Eronga qarshi o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.