WBA yangi reytingi TOP-15ligida yana bir o‘zbekistonlik bokschi paydo bo‘ldi

WBA yangi reytingi TOP-15ligida yana bir o‘zbekistonlik bokschi paydo bo‘ldi
Butunjahon boks assotsiatsiyasi WBA professional bokschilarning 2019 yilning so‘nggi dekabr oyi uchun reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida WBA Continental Americas chempionlik kamari sohibi Bektemir Meliqo‘ziyev (4-0, 3 KO) ilk marta TOP-15talik reytingdan o‘rin egalladi. Bektemir o‘z vazn toifasida aynan 15-o‘rinda qayd qilingan.

Ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev (7-0, 6 KO) o‘tgan oydagi kabi reytingda peshqadamlik qilishda davom etmoqda. Super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (4-0, 4KO) esa 4-o‘rinni, super yengil (63,5 kg) vazn toifasi vakili Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) esa oltinchi o‘rinni saqlab qolgan.

Super yengil vazn toifasining boshqa bir vakili Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) esa o‘tgan oydagi ko‘rsatkichidan bir pog‘ona pastlab sakkizinchi pog‘onani egallab turibdi.

Reytingda o‘zbekistonlik boshqa sportchilar o‘rin olmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.