Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi turnirga qaysi bokschilarimiz yo‘l olishdi?

Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi turnirga qaysi bokschilarimiz yo‘l olishdi?
Xabaringiz bor, Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi turnirning dastlabkisi Xitoyda bo‘lib o‘tadi. Mazkur muhim musobaqa oldidan O‘zbekiston terma jamoa murabbiylari ba’zi vazn toifalarida o‘zaro sparring janglar o‘tkazib, Chin yurtiga yo‘l oluvchi tarkibni aniqlab oldi.

Bugun, terma jamoamiz a’zolari, Bahodir Jalolov, Sanjar Tursunov, Shahobiddin Zoirov, Elnur Abduraimov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Dilshodbek Ro‘zmetov, Bobousmon Boturovlar Xitoy mamlakatiga yo‘l olishdi. U yerda turnir boshlangunga qadar, yana o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari davom etadi.
Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi turnirga qaysi bokschilarimiz yo‘l olishdi?
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.