Odiljon Aslonov professional boksdagi 2-jangida belaruslik raqibidan ustun keldi

Odiljon Aslonov professional boksdagi 2-jangida belaruslik raqibidan ustun keldi
Foto: Odiljon Aslonov
Rossiyaning Kaliningrad shahri 1 fevral, shanba kuni, professional boks oqshomiga mezbonlik qilmoqda.
-72,5 kg vazn toifasida ringga chiqayotgan Odiljon Aslonov (1-0, 1 KO) esa prof boksdagi ikkinchi jangida belaruslik Dmitriy Atroxovga (16-6, 7 KO) to‘qnash keldi.

6 raund to‘liq davom etgan jangda hakamlar bir ovozdan Aslonovning g‘alabasini qayd etdi.
Shu tariqa Odiljon prof boksdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Avvalroq -58,9 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Shukurjon Rahimov professional ringdagi debyut jangida g‘alaba qozongani haqida xabar qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.