“Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvi hakami bir oyga Superligadan chetlatildi

“Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvi hakami bir oyga Superligadan chetlatildi
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hakamlik qo‘mitasi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda Superliganing 1-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvi hakamligi ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv bosh hakami Ilgiz Tantashevning ushbu uchrashuvdagi faoliyati O‘FA hakamlar qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganildi. Buning natijasida bosh hakam tomonidan o‘yin tizgini qo‘ldan chiqarilgani va intizomiy qarorlaridagi xatolari sababli 1 oy muddatga Superliga o‘yinlaridan chetlatilib quyi ligaga tushirildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.