UYEFA o‘yinlar oldidan qo‘l berib salomlashishni bekor qildi

UYEFA o‘yinlar oldidan qo‘l berib salomlashishni bekor qildi
Foto: Getty Images
UYEFA doirasidagi o‘yinlar oldidan futbolchilarning qo‘l berib salomlashishi bekor qilindi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
Qaror Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining koronavirus epidemiyasi tarqalayotgani munosabati bilan bergan tavsiyalariga ko‘ra qabul qilindi.

Ayni paytda taqiqning olib tashlanish sanasi ko‘rsatilmagan. Bu to‘g‘risida alohida ma’lumot berilishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu haftada Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasida 1/8 final bahslari bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.