Saudiya shahzodasi o‘zi sotib oladigan APL klubiga qaysi murabbiyni olib kelmoqchi?

Saudiya shahzodasi o‘zi sotib oladigan APL klubiga qaysi murabbiyni olib kelmoqchi?
Italiyalik mutaxassis Luchano Spalletti faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 61 yoshli murabbiy \"Nyukasl\"da ish boshlashi kutilmoqda. Jamoani tez orada sotib olishi aytilayotgan Saudiya Arabistoni shahzodasi jamoani aynan Spalletti boshqarishini xohlamoqda.
Saudiya shahzodasi o‘zi sotib oladigan APL klubiga qaysi murabbiyni olib kelmoqchi?
Bungacha esa, “qarg‘alar”ni Maurisio Pochettino yoki Massimiliano Allegri boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Luchano Spallettining so‘nggi ish joyi \"Inter\" klubi bo‘lgan edi. “Neradzurrilar” uni 2019 yilda iste’foga chiqarishdi va u shundan buyon ishsiz yuribdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.