Aliboyev hamda Tursunovlarning jamoasi mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi

Foto: Twitter / @kleague
Futbol bo‘yicha Key-Liga 1-turi doirasida 10 may, yakshanba kuni bir nechta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik himoyachi Doston Tursunov harakat qiladigan «Pusan Ay Park» jamoasi ilk turni safarda «Poxang Stilers»ga qarshi o‘tkazib, 0:2 hisobida yutqazdi. Mezbonlar safida Stanislav Ilyutchenko hamda Aleksandar Paloshevich gollarga mualliflik qildi.
Doston Tursunov bellashuvda to‘liq o‘ynadi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ikrom Aliboyevning «Seul» klubi esa safarda «Kanvon» klubiga qarshi bahs olib borib, 1:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Mezbonlar safida Kim Ji Hyun, Cho Ja Van hamda Kim Seung Daye bittadan gol urgan bo‘lsa, «Seul»ning yagona goliga Dong Jin Park mualliflik qildi. Ikrom Aliboyev mazkur bahsda 60 daqiqa harakat qildi.
«Poxang Stilers» — «Pusan Ay Park» 2:0
Gollar: 1:0: — 24 Stanislav Ilyutchenko, 2:0 — 71 Aleksandar Paloshevich
«Kanvon» — «Seul» 3:1
Gollar: 0:1 — 36 Dong Jin Park, 1:1— 52 Kim Ji Hyun, 2:1 — 85 Cho Ja Van, 3:1 — 87 Kim Seung Daye
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Futbol bo‘yicha Key-Liga 1-turi doirasida 10 may, yakshanba kuni bir nechta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik himoyachi Doston Tursunov harakat qiladigan «Pusan Ay Park» jamoasi ilk turni safarda «Poxang Stilers»ga qarshi o‘tkazib, 0:2 hisobida yutqazdi. Mezbonlar safida Stanislav Ilyutchenko hamda Aleksandar Paloshevich gollarga mualliflik qildi.
Doston Tursunov bellashuvda to‘liq o‘ynadi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ikrom Aliboyevning «Seul» klubi esa safarda «Kanvon» klubiga qarshi bahs olib borib, 1:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Mezbonlar safida Kim Ji Hyun, Cho Ja Van hamda Kim Seung Daye bittadan gol urgan bo‘lsa, «Seul»ning yagona goliga Dong Jin Park mualliflik qildi. Ikrom Aliboyev mazkur bahsda 60 daqiqa harakat qildi.
«Poxang Stilers» — «Pusan Ay Park» 2:0
Gollar: 1:0: — 24 Stanislav Ilyutchenko, 2:0 — 71 Aleksandar Paloshevich
«Kanvon» — «Seul» 3:1
Gollar: 0:1 — 36 Dong Jin Park, 1:1— 52 Kim Ji Hyun, 2:1 — 85 Cho Ja Van, 3:1 — 87 Kim Seung Daye
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













