«Yuventus» safardagi gol evaziga «Milan»ni ortda qoldirib, Italiya Kubogi finaliga yo‘l oldi

«Yuventus» safardagi gol evaziga «Milan»ni ortda qoldirib, Italiya Kubogi finaliga yo‘l oldi
Foto: «Yuventus»
Italiya Kubogi yarim final javob bahsidan o‘rin olgan «Yuventus» — «Milan» uchrashuvi 12 iyun, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning debyuti milanliklar uchun omadsiz boshlandi. 16-daqiqadayoq mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi, biroq Krishtianu Ronalduning 11 metrdan yo‘llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. «Milan»ning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Oradan soniyalar o‘tib milanliklar hujumchisi Ante Rebich raqibga nisbatan ochiq fol ishlatgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.

Sondagi ustunlikka qaramay turinliklar hisobni o‘zgartira olmadi va o‘yin nursiz durang bilan yakun topdi.

Shu tariqa «Yuventus» safardagi o‘yinda (1:1) kiritilgan gol evaziga final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Ikkinchi finalchi nomi 13 iyun tunida bo‘lib o‘tadigan «Napoli» — «Inter» uchrashuvida aniq bo‘ladi.

Italiya Kubogi
Yarim final, javob bahsi
12 iyun, juma

«Yuventus» — «Milan» 0:0

«Yuventus»:
Buffon, Danilo (Kuadrado, 86), de Ligt, Aleks Sandro, Bonuchchi, Matyuidi (Rabo, 62), Pyanich (Xedira, 62), Bentankur, Duglas Kosta (Bernardeski, 63), Ronaldu, Dibala.
«Milan»: Donnarumma, Konti (Salemakers, 88), Kalabriya (Laksalt, 88), Romanoli, Ker, Bennaser, Chalhano‘glu, Lukas Paketa (Kolombo, 82), Bonaventura (Rafael Leau, 52), Kessie (Krunich, 82), Rebich.
Ogohlantirishlar: Konti (19), Pyanich (43), Xedira (74).
Chetlatish: Rebich (16).

Ilk o‘yin — 1:1
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.