Tentaknamo yigit yana jang qiladi yoxud "UFC 251" dan qanday to‘qnashuvlar o‘rin olgan?

Ma’lumki, 12 iyul kuni BAAdagi \"Jangchilar oroli\"da 3 ta titul jangidan iborat \"UFC 251\" turniri bo‘lib o‘tadi.Markaziy jang esa, yarimo‘rta vazn toifasidagi chempion Kamaru Usman (16-1) UFC tomonidan maxsus \"janjalkash va bezorilar\" uchun ta’sis etilgan, BMF kamari egasi Xorxe Masvidal (35-13) ga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Aslida, Masvidalni o‘rnida Gilbert Byorns bo‘lishi kerak edi.
Lekin ushbu jangchida koronavirus aniqlanganligi bois, Uayt uning o‘rnini UFCning eng tentaknamo yigiti bilan to‘ldirdi. Shuningdek, ushbu qarama-qarshilikdan kam bo‘lmagan yana ikkita jang ham bor. Jumladan, yarim yengil vazn chempioni Aleksandr Volkanovski (21-1) - Maks Xollouey (21-5) o‘rtasidagi revansh va o‘ta yengil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun Pyotr Yan (14-1) hamda Joze Aldo (28-6) o‘zaro kuch sinashadi.
Xullas, ajoyib to‘qnashuvlarni guvohi bo‘lamiz. Mazkur jang kechasidan yana \"somoncha\" dvizioni vakilalari Rouz Namayunas (9-4)- Jessika Andrade (20-7) va super yengil vazn toifasida harakat qiladigan Amanda Ribas (9-1)-Peydj Vanzat (8-4) o‘rtasidagi jang ham o‘rin olgan.
Manba: Sports.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Lekin ushbu jangchida koronavirus aniqlanganligi bois, Uayt uning o‘rnini UFCning eng tentaknamo yigiti bilan to‘ldirdi. Shuningdek, ushbu qarama-qarshilikdan kam bo‘lmagan yana ikkita jang ham bor. Jumladan, yarim yengil vazn chempioni Aleksandr Volkanovski (21-1) - Maks Xollouey (21-5) o‘rtasidagi revansh va o‘ta yengil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun Pyotr Yan (14-1) hamda Joze Aldo (28-6) o‘zaro kuch sinashadi.
Xullas, ajoyib to‘qnashuvlarni guvohi bo‘lamiz. Mazkur jang kechasidan yana \"somoncha\" dvizioni vakilalari Rouz Namayunas (9-4)- Jessika Andrade (20-7) va super yengil vazn toifasida harakat qiladigan Amanda Ribas (9-1)-Peydj Vanzat (8-4) o‘rtasidagi jang ham o‘rin olgan.
Manba: Sports.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













