Shamil Gazizov: O‘runov hali “Spartak”ga o‘tmadi. Unda Yevropadan 6 million yevrolik taklif bor

Shamil Gazizov: O‘runov hali “Spartak”ga o‘tmadi. Unda Yevropadan 6 million yevrolik taklif bor
“Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov 19 yoshli Oston O‘runovning jamoaga kelishi hali hal bo‘lmaganini tan oldi.
- Bilishimcha, “Ufa”da Oston O‘runov bo‘yicha 5-6 million yevrolik takliflar bor. Albatta, bu Rossiya premer-ligasidan tashqaridagi klubdan. Oston hali “Spartak”ga o‘tgani yo‘q, - dedi Shamil Gazizov.

Joriy mavsum Rossiya chempionatida 10 ta uchrashuvni yuqori saviyada o‘tkazgan futbolchimiz qator klublarning transfer nishoniga aylangan. Shunday bo‘lsa-da, ko‘pchilik Oston O‘runovni Rossiya chempionatiga taklif qilgan Shamil Gazizov uni “Spartak”ga ham olib ketishiga ishonayotgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.