“Barsa” kutgan vunderkind “Real” bazasiga keldi

“Barsa” kutgan vunderkind “Real” bazasiga keldi
Fransiyalik 19 yoshli himoyachi Rayan Ait-Nuri faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
“Anjer” jamoasida to‘p surayotgan futbolchining agenti Jorje Mendesh ayni payida “Barselona” va “Real” klublari mutasaddilari bilan muzokara o‘tkazmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona”ning sobiq spor direktori Erik Abidal Mendesh bilan futbolchi transferi bo‘yicha aloqani ushlab turgan. Ait-Nurining o‘zi esa, “Real”ning Valdebebasdagi bazasiga kelib, vaziyat bilan tanishgan.

Transfer bo‘yicha rasmiy muzokaralar tez orada boshlanishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.